Melody Mesh - O'rgatma menga
- Слушали: 2
- Размер: 10.22 MB
- Длительность: 4:28
- Качество: 320 kbps
- Опубликовано: Сегодня, 00:41
Слушать песню
Скачать песню
Скачать песню Melody Mesh - O'rgatma menga в mp3 или слушать онлайн
Текст песни
O'z aravamni men — o'zim tortaman,
Botsa g'ildiragi — o'zim suraman,
Hech kimdan so'ramay — yo'lda yuraman:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Ha, ko'p adashganman — inkor etmayman,
Yillar yo'qotibman — hech yashirmayman,
Lekin xolis edim — ikki yuz emasman:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Izladim, izladim — haqni izladim,
To'g'ri yashay, dedim — shuni tiladim,
Boshga balo kelsa — chidab yashadim:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Maslahat beruvchi — ko'p bo'lar ekan,
Yukni ko'targani — yo'q bo'lar ekan,
O'zi yurmagan yo'l — o'rgatar ekan:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Bugun topdim uni — izlaganimni,
Egam yo'l ko'rsatdi — ochdi ko'zimni,
O'tmishim — o'tdi-ku, unut o'tganni:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Yurgan bo'lsang yo'lni — aytgin, tinglayman,
Mehring bilan aytsang — boshim egaman,
Ammo minnat bilan kelsang — kutmayman:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Bir Zot bor — yo'limni — U ko'rsatadi,
Undan o'rganaman — shu menga yetadi,
Qurbon bosh egadi — yolg'iz Egamga:
Sen emas — U aytsin, qanday yashashni!
Botsa g'ildiragi — o'zim suraman,
Hech kimdan so'ramay — yo'lda yuraman:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Ha, ko'p adashganman — inkor etmayman,
Yillar yo'qotibman — hech yashirmayman,
Lekin xolis edim — ikki yuz emasman:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Izladim, izladim — haqni izladim,
To'g'ri yashay, dedim — shuni tiladim,
Boshga balo kelsa — chidab yashadim:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Maslahat beruvchi — ko'p bo'lar ekan,
Yukni ko'targani — yo'q bo'lar ekan,
O'zi yurmagan yo'l — o'rgatar ekan:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Bugun topdim uni — izlaganimni,
Egam yo'l ko'rsatdi — ochdi ko'zimni,
O'tmishim — o'tdi-ku, unut o'tganni:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Yurgan bo'lsang yo'lni — aytgin, tinglayman,
Mehring bilan aytsang — boshim egaman,
Ammo minnat bilan kelsang — kutmayman:
O'rgatmagin menga — qanday yashashni!
Bir Zot bor — yo'limni — U ko'rsatadi,
Undan o'rganaman — shu menga yetadi,
Qurbon bosh egadi — yolg'iz Egamga:
Sen emas — U aytsin, qanday yashashni!
Слушайте еще
Комментарии