Melody Mesh - Keyin "demadi" demang!
- Слушали: 2
- Размер: 7.94 MB
- Длительность: 3:28
- Качество: 320 kbps
- Опубликовано: Вчера, 23:48
Слушать песню
Скачать песню
Скачать песню Melody Mesh - Keyin "demadi" demang! в mp3 или слушать онлайн
Текст песни
Otang bugun — yoningda,
Onang bugun — yoningda,
Erta — faqat yodingda...
Keyin «demadi» demang!
Yoshlikning kuni qisqa,
Sog'likning davri qisqa,
Fursatning o'zi qisqa —
Keyin «demadi» demang!
Bolang senga qaraydi,
Har ishingni sanaydi,
Sen qilganni qiladi —
Keyin «demadi» demang!
Ur-kaltakdan so'z og'ir,
Yarasiga tuz og'ir,
Bitmas yara — iz og'ir —
Keyin «demadi» demang!
Bu dunyoda bog' qolar,
Molu davlat, tog' qolar,
Yomon ishdan — dog' qolar —
Keyin «demadi» demang!
Aytmay ketsam — qarz bo'lar,
Aytib ketsam — farz bo'lar,
Qurbon aytdi — arz bo'lar:
Keyin «demadi» demang!
Onang bugun — yoningda,
Erta — faqat yodingda...
Keyin «demadi» demang!
Yoshlikning kuni qisqa,
Sog'likning davri qisqa,
Fursatning o'zi qisqa —
Keyin «demadi» demang!
Bolang senga qaraydi,
Har ishingni sanaydi,
Sen qilganni qiladi —
Keyin «demadi» demang!
Ur-kaltakdan so'z og'ir,
Yarasiga tuz og'ir,
Bitmas yara — iz og'ir —
Keyin «demadi» demang!
Bu dunyoda bog' qolar,
Molu davlat, tog' qolar,
Yomon ishdan — dog' qolar —
Keyin «demadi» demang!
Aytmay ketsam — qarz bo'lar,
Aytib ketsam — farz bo'lar,
Qurbon aytdi — arz bo'lar:
Keyin «demadi» demang!
Слушайте еще
Комментарии